Peterburgda o‘zbekistonlik ayol kasalxonaga olib ketildi. Uning yuziga qarata o‘q uzishgan

Illyustrativ foto
Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tumanida otishmada gumon qilingan erkak kishi qo‘lga olindi. Novvoyxona ishchisi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol uning qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda «Nevskiye novosti» huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayangan holda.
Hodisaning o‘zi 7 iyul, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Chaqirilmagan mehmon novvoyxona ichiga kirib kelib, jabrlanuvchi bilan janjallashgan hamda unga travmatik to‘pponchadan o‘q uzgan.
O‘q ayolning chap yuziga tegib, ko‘z chanog‘ining pastki medial devorchasini teshib o‘tgan. O‘zbekiston fuqarosi kasalxonaga yotqizildi. Uning ahvoli hozirda o‘rtacha og‘irlikda, deb baholanmoqda.
Keyinchalik gumonlanuvchi ushlandi. «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

00:28
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

19:55 / 09.06.2025
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

18:19 / 04.06.2025