O‘zbekiston | 11:30 / 10.07.2019
34503
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi gaz ta'minoti xususiy operatorlarga beriladi

Foto: Kirill Kuxmar/TASS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, gaz ta'minoti bo‘yicha viloyat, tumanlararo (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta'minoti obektlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish va iste'molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini bajarish uchun xususiy operatorlar boshqaruviga bosqichma-bosqich beriladi.

2019 yil 1 sentyabrga qadar Gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, iste'molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bajarish uchun gaz ta'minoti obektlarini xususiy operatorlarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqiladi.

Bunda, shu jumladan, investorlarni tanlash, shartnomani tuzish va bekor qilish, shuningdek, vositachilik to‘lovlari miqdorini belgilash va to‘lash tartibi ko‘zda tutiladi.

Mavzuga oid