Germaniya mudofaa vaziri iste'foga chiqishini e'lon qildi

Foto: EPA
Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen o‘z lavozimidan ketishini e'lon qildi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.
“Ertaga men Yevropa parlamenti ishonchini qozonmoqchiman. Ovoz berish natijasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, men bor kuchimni Yevropaga xizmat qilishga yo‘naltirish uchun 17 iyulda mudofaa vaziri vakolatlarini topshirmoqchiman”, deb ma'lum qilgan siyosatchi.
Fon der Lyayyen Yevropa komissiyasi raisi lavozimi uchun ilgari surilgandi. U bu lavozimni egallashi uchun uning nomzodini Yevroparlament tasdiqlashi lozim.
23-26 may kunlari Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning barchasida Yevropa parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tgandi. Uning natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi yetakchilari Yevroparlament rahbariyatidagi muhim lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha kelishib olishgan va Yevrokomissiya rahbari lavozimiga 60 yoshli fon der Lyayyen nomzodi ilgari surilgan.
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025