Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qoldi

Foto: Videodan kadr
Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qoldi. Bu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Qayd etilishicha, holat poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida yuz bergan. Sergey Vladimirovich ismli shifokor aslida reanimatolog emasligi, biroq klinik o‘lim holatida olib kelingan 2 yoshli bolani qutqarib qolgani aytiladi.
Ma'lumot uchun: klinik o‘lim - qon aylanishi va nafas yo‘qligida bosh miya po‘stlog‘ining yashash vaqti bilan belgilanadi. Klinik o‘lim biologik o‘limdan farqli reanimatsiya chora-tadbirlari o‘tkazilganda bemor hayotga qaytishi mumkin. Klinik o‘lim organizmning asosiy hayot faoliyatining (qon aylanishi, nafas olishi) to‘xtagan vaqtidan boshlanib, bosh miya po‘stlog‘i hujayralarining nobud bo‘lishigacha davom etadi. Bu davr reanimatsiya tadbirlari o‘tkazilganda (nafas va qon aylanishi tiklanganda) bosh miya po‘stlog‘i faoliyati tiklanishi mumkin. Klinik o‘lim davomiyligi odatda 5-6 daqiqa davom etadi.
Mavzuga oid

09:05 / 20.07.2025
“Daraxtlar banki”, Chorvoq bo‘yicha va’dalar va IMEI mashmashalari - hafta dayjesti

20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?

09:04 / 18.07.2025
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi

23:57 / 17.07.2025