Yevropaning transferlardan eng ko‘p daromad olgan klublari e'lon qilindi

Transfermarkt portali so‘nggi 5 yil ichida transferlardan eng ko‘p daromad olgan klublar reytingini e'lon qildi.
Portugaliyaning «Benfika» klubi 527 million yevro daromad bilan birinchi bo‘ldi. «Burgutlar» futbolchilar xaridiga 180 million yevro sarflab, ularni sotishdan 707 million yevro mablag‘ olishgan.
«Monako» klubi 359,4 million yevro daromad bilan ikkinchi, «Portu» klubi esa 235,9 million yevro daromad bilan uchinchi bo‘ldi.
To‘liq reyting quyidagicha:
1. «Benfika» – (180,1 mln yevro sarflagan - 707,3 mln yevro olgan), daromad - 527,2 mln yevro;
2. «Monako» – (505,6 mln yevro - 865 mln yevro), 359,4 mln yevro;
3. «Portu» – (235,1 mln yevro - 471 mln yevro), 235,9 mln yevro;
4. «Ayaks» – (177,7 mln yevro - 390,6 mln yevro), 212,9 mln yevro;
5. «Red Bull Zalsburg» – (47,9 mln yevro - 258,8 mln yevro), 210,9 mln yevro;
6. «Lion» – (239,7 mln yevro - 380,3 mln yevro), 140,7 mln yevro;
7. «Jyenoa» – (164,3 mln yevro - 293,2 mln yevro), 128,9 mln yevro;
8. «Shaxtyor» – (55,6 mln yevro - 172,9 mln yevro), 117,3 mln yevro;
9. «Sporting» – (156,6 mln yevro - 267,4 mln yevro), 110,8 mln yevro;
10. «Atletik» – (73,9 mln yevro - 181 mln yevro), 107,1 mln yevro.
Mavzuga oid

15:17 / 17.01.2025
Futbol va buxgalteriya. «Chelsi» nega buncha ko‘p pul sarflay oladi?

21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi

17:35 / 06.02.2024
Manba: «Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 03.08.2023