Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg shimolida o‘zbekistonlik migrant ayol sirka ichib yubordi

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS
Peterburg shimolida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol sirka essensiyasini ichib yubordi. Yosh ayol og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
«Operativnoye prikrytiye» yangiliklar agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli ayol shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga 28 iyul kuni soat 22:00larda olib ketilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, migrant ayol sirkani qasddan ichgan.
Bemor bo‘g‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon va tovush paychalarining kimyoviy kuyishi bilan og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining alohida e'tiborini ayolda yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va chap qosh yorilgani borligi jalb qildi.
Politsiya uydagi zo‘ravonlik versiyasini tekshirmoqda.
Mavzuga oid

13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

11:49 / 21.07.2025
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

19:00 / 17.07.2025
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga ko‘paydi

19:01 / 10.07.2025