Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Colgate vs Galaxy: Sud Raqobat qo‘mitasi mansabdorlari xatti-harakatini qonunga xilof deb topdi

Joriy yilning may oylarida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan «Torimed Pharm» (Galaxy) MChJni («Dentafill Plus» MChJ) komissiya qarori bilan insofsiz raqobatchi deb topgan edi.
Komissiya qaroriga binoan, «Torimed Pharm» MChJ «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasini buzgan, ya'ni «Colgate-Palmolive» (Colgate) kompaniyasining tovar belgisini takrorlagan va boshqa qonunbuzarliklarni amalga oshirgan, deya vajlar keltirilgan edi.
Bugun, 31 iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman ma'muriy sudida birinchi instansiya sudi ushbu ish ko‘rilishini o‘z nihoyasiga yetkazdi. Sud majlisida taraflar o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Sud muhokamasi tortishuvlarga boy o‘tdi.
Taraflar muzokarasi davomida o‘z vajlarini yana bir qo‘llab-quvvatlashlarini ta'kidlashdi. Shundan so‘ng, sud maslahatga kirib ketdi.
Maslahatdan so‘ng, sud qarori o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra, sud arizachi MChJning shikoyatini qisman qanoatlantirishni lozim topdi. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasi a'zolarining (mansabdor shaxslari) xatti-harakatlari qonunga xilof deb topildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi maxsus komissiyasining 2019 yil 1 may kunidagi № 09/09-sonli qarori haqiqiy emas deya ta'kidlandi.
Sud majlisida raislik etuvchi tomonidan 20 kun ichida apellyatsiya shikoyati berilishi yoki protest keltirish masalasi tushuntirib o‘tildi.
Mavzuga oid

09:45
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

08:32
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

14:39 / 24.07.2025