Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat bo‘lgan jinoiy guruh fosh etildi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son Farmoni ijrosi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tizimda korrupsiyaga qarshi samarali va murosasiz kurash olib borilmoqda.
Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 avgust kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.
Jinoiy guruh a'zolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va'da qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
“Davlat bojxona qo‘mitasi respublikamiz chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari va tashuvchilarni post orqali navbatsiz va tezkorlik bilan o‘tkazishni va'da qiluvchi firibgarlarning aldovlariga ishonmasliklarini so‘rab qoladi”, - deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, jinoyat ishining tergov natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot berib boriladi.
Mavzuga oid

13:45 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi

16:05 / 23.07.2025
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

12:29 / 18.07.2025