Hindistonda toshqinlar oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi

Foto: REUTERS / SIVARAM V
Hindistonning uchta shtatida kuchli yomg‘irlar natijasida yuz bergan toshqinlar oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishcha, Kerala shtatida 51 kishi halok bo‘lgan, 100 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Maxarashtra va Karnataka shtatlarida mos ravishda 29 va 24 kishi halok bo‘lgan.
Iyun oxirida Hindistonning janubiy va harbiy hududlariga musson yomg‘irlari kelib, bu bir qator aholi punktlarining suv ostida qolishiga olib kelgan. Mutaxassislarning baholashicha, joriy musson Hindiston uchun oxirgi o‘n yillikda eng vayronkorlaridan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid

02:00
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

11:19 / 25.04.2025
Pokiston va Hindiston harbiylari chegarada to‘qnashdi

22:02 / 24.04.2025