Ukrainaliklar Zelenskiyning uzun kortejini tanqid qilishdi

Foto: youtube.com/vnebo.com.ua
Ukrainalik internet foydalanuvchilarni mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning uzun korteji achchiqlantirdi. Ulkan kortejning o‘tishi uchun yo‘ldagi qatnov to‘silgan.
Kortej videosi vnebo.com.ua saytining You-Tube-kanalida joylashtirilgan.
Videoda Zelenskiy Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Babiy Yardan qaytayotgani tasvirlagan. Siyosatchilarning avtomobillariga 20 dan ko‘proq mashina hamrohlik qilgan.
Foydalanuvchilardan biri kinoya qilib, “Mana sizga xalq xizmatkoringiz, butun qiyofasi bilan”, deb yozgan. “Velosiped qani?”, deb zaharxandalik qilgan yana bir foydalanuvchi. “Ehtimol, barcha ukrain kortejlaridan eng kattasi bo‘lsa kerak”, deb qo‘shimcha qilgan yana bir foydalanuvchi.
Ammo Zelenskiy bilan birga Netanyaxu bo‘lganini eslatib, prezidentning yonini olganlar ham bo‘lgan. “Bu normal holat, mehmon keldi, uni qo‘riqlash kerak-ku”, “Hammasi yuqori martabali mehmonlarni kutib olishdagi bayonnoma bo‘yicha”, deb bildirilgan izohlar ham bo‘lgan.
Zelenskiy mart oyida prezidentlik poygasi davomida saylovlarda g‘olib bo‘lsa, tansoqchilari ma'qullamasa-da, ishga velosipedda borishga tayyorligini aytgandi.
Iyulda esa Ukraina prezidenti ishga velosipedda bormasligini “u ham barcha kabi harakat ishtirokchisi” ekani bilan tushuntirgan.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, uning harakatlanishi vaqtida 2-3 ta avtomobil yuradi. Mashinalardan birida prezident, ikkinchisida tansoqchilar, uchinchisida esa prezident jamoasi a'zolari va hamroh shaxslar ketadi. “Bu avtomobillar barcha svetoforlarda to‘xtaydi, tirbandliklarda turadi, “migalka”larni yoqmaydi”, deb aytgandi Zelenskiy.
Mavzuga oid

21:39 / 08.06.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy

11:09 / 05.06.2025
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlar amalga oshirdi

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

14:23 / 03.06.2025