Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navbahor» bosh murabbiy Jurjyevich iste'fosini e'lon qildi

«Navbahor» klubi biroz kech bo‘lsa-da bosh murabbiy Deyan Jurjyevich iste'fosini e'lon qildi.
«Bundan 2 oy oldin «Navbahor»da bosh murabbiy o‘zgarib, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis o‘rniga serbiyalik Deyan Jurjyevich tayinlangan edi.
Afsuski, Jurjyevichning qo‘l ostida «lochinlar»ning natijalari salbiy ko‘rinish oldi. Jumladan, Superliga bahslarida «Navbahor» o‘z maydonida «Qizilqum» (0:1), OKMK (0:1), safarda esa «Metallurg»ga (0:1) imkoniyatni boy berib, safarda «Buxoro» (0:0) bilan durang hisobini qayd etib, faqat «Andijon» (1:0) ustidan g‘alaba qozondi. Natijada «Navbahor» turnir jadvalida 3-o‘rindan 6-o‘ringa tushib ketdi.
Shuningdek, «Navbahor» O‘zbekiston kubogining chorakfinalidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida «Nasaf»ga 0:1 hisobida yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi. Albatta, bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi. Shu bois, bugun Deyan Jurjyevich bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, u iste'foga chiqarildi», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Navbahor» Jurjyevich iste'fosini e'lon qilmasdan burun Andrey Kanchelskisni bosh murabbiy sifatida tanishtirgan edi.
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi

14:32 / 29.06.2024