Mxitaryan «Roma»ga o‘tdi

«Roma» klubi «Arsenal» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bilan shartnoma imzoladi.
Armanistonlik 30 yoshli futbolchi rimliklar tarkibida mavsum oxiriga qadar ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi.
«Roma» Mxitaryan ijarasi uchun 3 million yevro to‘ladi. Rimliklar futbolchining oyligini to‘liq to‘laydi va keyingi yil yozida 15 million yevro evaziga transfer qilish huquqini qo‘lga kiritadi. Shuningdek, londonliklar futbolchining ko‘rsatkichlariga qarab 100 ming yevro miqdorida bonus olishlari mumkin.
Mxitaryan 2018 yil yanvarida Aleksis Sanches transferi doirasida «Manchester Yunayted»dan «Arsenal»ga o‘tgandi.
O‘tgan mavsumda futbolchi «Arsenal» tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan.
Mavzuga oid

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:27 / 14.04.2025
Mbappe qizil oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

05:16 / 07.03.2025