Toshkent sirkidagi tomosha vaqtida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi. Madaniyat vazirligi rasmiy ma'lumot berdi

Foto: Francisco Anzola
Joriy yilning 1 sentabr kuni “O‘zbek davlat sirki”da bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) “Juftlik polotno” nomerini amalga oshirayotgan so‘nggi daqiqada yiqilib tushdi.
Madaniyat vazirligi tarqatgan ma'lumotda aytilishicha, 1983 yilda tug‘ilgan Irina Valter sirkda 15 yildan ortiq ishlagan artistdir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar kuzatilganda, Irina Valterning arenada yotgan holatini kuzatish mumkin.
Qayd etilishicha, Irina Valterga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra chap oyoq bo‘g‘imlarining cho‘zilish tashxisi qo‘yildi.
Hozirda Irina Valterning ahvoli yaxshi, uy sharoitida davolanish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mavzuga oid

11:55 / 09.11.2024
O‘zbekistonda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanmoqda

12:43 / 18.01.2023
O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

18:48 / 03.02.2022
Paxtakorda sirkchilarning bo‘g‘oz sheri o‘ldi. Bunga «zamhokim»ning byurokratligi sabab bo‘ldimi?

10:42 / 05.01.2022