Ukrainalik deputatlar daxlsizlikdan mahrum etildi

Foto: RIA "Novosti"
Ukraina oliy radasi ikkinchi o‘qishda xalq deputatlaridan daxlsizlikning olinishi haqidagi qonun loyihasini ma'qulladi.
Hujjat 2020 yildan boshlab deputatlardan daxlsizlikning olinishini ko‘zda tutadi. Qonun kelasi yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Deputatlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini 2017 yildayoq sobiq prezident Pyotr Poroshenko ro‘yxatga oldirgan.
Avvalroq oliy rada spikeri va “Xalq xizmatkori” partiyasi yetakchisi Dmitriy Razumkov Ukraina prezidentini daxlsizlikdan mahrum qilishni yoqlab chiqqan. Uning aytishicha, deputatlardan daxlsizlikning olinishi yetarli emas, davlat rahbari va sudyalar ham bu imtiyozdan mahrum qilinishlari kerak. Razumkov “qonun oldida hamma barobar bo‘lishi uchun” bunday qarorni qabul qilish lozimligini aytgan.
Mavzuga oid

19:59
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33