O‘zbekistonda «Rosatom» ofisi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Foto: Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti
«Rosatom» davlat korporatsiyasi o‘zining O‘zbekistondagi ofisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Rusatom – mejdunarodnaya set» atom energosanoat majmuasi xalqaro hududiy tarmog‘i prezidenti Aleksandr Merten Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ma'lum qildi.
«Ro‘yxatdan o‘tdik, ofisda ta'mirlash ishlarini olib boryapmiz», – dedi u.
Tez orada uning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ofis Toshkent shahri Oybek ko‘chasidagi «O‘zatom» binosi yonida joylashgan. Mertenning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentdagi ofis «eng katta filiallardan biri bo‘ladi».
«Ofis rahbari – Ukanov Serik Kazbekovich. Mahalliy kadrlarni tanlab olishni davom ettiramiz», – dedi Merten.
Avvalroq «Rosatom» 2020 yil boshida O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishini boshlashi xabar qilingandi. AES qurilishi uchun Jizzax viloyati Forish tumanidagi Tuzkon ko‘li yaqinidan joy tanlangan.
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

19:01 / 05.04.2025