Osiyo birjasi 36 mlrd dollarga Yevropa birjasini sotib olishi mumkin

Hongkong birjasi Osiyo va Yevropaning ikki moliyaviy markazini birlashtirish uchun London birjasini sotib olmoqchi.
Hongkong fond birjasi (HKEX) operatori London fond birjasi (LSEG) rahbariyatiga 36,6 mlrd dollarga birlashishni taklif qildi.
“Fikrimizcha, HKEX va LSEG ittifoqi Osiyo va Yevropaning eng yirik va ahamiyatli moliyaviy markazlarini birlashtiruvchi global infratuzilmaviy guruhni yaratish uchun ulkan imkoniyatni bildiradi”, deb aytgan Hongkong birjasi boshqaruv raisi Lora Cha.
“Biz Sharq va G‘arbni birlashtiramiz, turfa xilroq bo‘lamiz va mijozlarimizga innovatsiyalar, savdoda xatarlar va imkoniyatlarni boshqarish borasida ko‘prog‘ini taklif qila olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan HKEX ijrochi direktori Charlz Li.
2012 yilda Hongkong birjasi London metallar birjasini 2,1 mlrd dollarga sotib olgan.
Mavzuga oid

17:57 / 20.04.2025
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

11:50 / 15.04.2025
FT: Yevropa qurol konserni qurolga bo‘lgan talabni qondira olmayapti

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

08:28 / 05.04.2025