Mitsubishi bir xodimi sababli 320 mln dollar yo‘qotdi

Foto: Reuters
Mitsubishi’ning Singapurdagi bo‘limi Petro-Diamond Singapore (PDS) xom neftni ruxsatsiz sotishdan 320 mln dollar ziyon ko‘rdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.
PDS xodimi Xitoy uchun neft sotish bilan shug‘ullangan. U 2019 yil yanvardan boshlab rahbariyat ruxsatisiz “derivativlar bilan bitimlarda ishtirok etib, ularni xejlash operatsiyalari ostida yashirgan”. U bunda kompaniyaning ichki ma'lumotlaridan foydalangan.
Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, asosiy yo‘qotishlar neft narxi pasayishi ortida iyunda boshlangan. PDS o‘z xodimi noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirganini avgust o‘rtalarida bilib qolgan. Kompaniya ushbu holat bo‘yicha tergov boshlangan, xodim esa 18 sentyabrda ishdan bo‘shatilgan. PDS uning ustidan politsiyaga shikoyat qilgan.
Mitsubishi xodimning harakatlaridan ko‘rilgan zararni hisoblashni davom ettirmoqda. Kompaniya vakilining ma'lum qilishicha, bu yo‘qotish Mitsubishi tarixidagi ilk shunday yo‘qotishdir.
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

16:31 / 09.06.2023
Reuters: Ar-Riyodning neft qazib olishni qisqartirish qarori OPEK+ davlatlari uchun syurpriz bo‘ldi

16:56 / 27.05.2023