Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona buyurtmachi xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirish kiritildi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Yagona buyurtmachi xizmatlari (injiniring kompaniyalari) rahbar xodimlari va mutaxassislari uchun belgilanadigan yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tarif koeffitsiyentlariga oshiruvchi koeffitsiyentlarning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya- xo‘jalik departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bo‘yicha hududiy boshqarmalar huzuridagi “Mintaqaviy avtomobil yo‘llari bo‘yicha buyurtmachi xizmati” DUKning yagona buyurtmachi xizmatlari uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qat'i nazar, 2,0 miqdorida oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining yagona buyurtmachi xizmatlari uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlaridan qat'i nazar, 3,0 miqdorida oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Oshirilgan koeffitsiyent miqdori moliyalashtirishning barcha manbalari bo‘yicha investitsiya loyihalari hajmlariga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin navbatdagi oydan boshlab qayta ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025