213 gramm quyma tillalarni og‘ziga solib, xorijga uchmoqchi bo‘lgan shaxs bojxonachilar tomonidan qo‘lga olindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan qonunbuzarlik holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
“Toshkent” xalqaro aeroporti bojxonachilari xorijga uchib ketish maqsadida “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlarini tezkor kuzatuvga olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Shundan so‘ng ushbu fuqaro zamonaviy skaner qurilmasi yordamida xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning qing‘ir rejasi fosh etildi.
Qarangki, ushbu shaxs o‘z og‘iz bo‘shlig‘iga umumiy vazni 213 grammni tashkil etuvchi 2 dona quyma tilla bo‘laklarini solib, xorijga uchib ketishni rejalashtirgan ekan.
Ammo, uning bu nayrangi ish bermadi. Qonunbuzardan umumiy qiymati 70 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi quyma tilla bo‘laklari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

10:43 / 03.05.2024