Rishtonda bloger Dima Qayumning snosga tushgan «Xalq kutubxonasi»ga yangi joy berilib, binoga ramziy g‘isht qo‘yildi

Farg‘ona viloyati, Rishton tumani markazida olib borilayotgan buzilish va qurilish ishlari oqibatida Dima Qayum taxallusi bilan taniqli Dilshodbek Boltaboyevning «Roshidoniy» xalq kutubxonasi ham buzilgan edi.
Blogerning xabar berishicha, unga xalq kutubxonasi bunyod etilishi uchun yangi qurilayotgan bozor hududidan joy berilgan.
Binoning birinchi ramziy g‘ishtini qo‘yish marosimida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzo va Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyevlar ishtirok etishdi.
Mutasaddilar aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi targ‘ibotini keng yoyish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Senator Iqbol Mirzo aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi va mavjud masalalarni yechim topishi uchun yordam berishini aytdi.
Mavzuga oid

15:52 / 15.02.2025
Kamaz tagidan butun chiqqan, kichik jussali katta inson – rishtonlik Sherqo‘zi hikoyasi

21:20 / 06.12.2024
“20 millionlik kasal novvosni qassob 500 mingga sotib oldi”: Rishtonda qoramollar kasallikdan nobud bo‘lyapti

14:00 / 01.12.2024
“Farzandlarimga kitob o‘qish hamda mehnatdan qochmaslikni o‘rgataman” – chempionning taksist otasi

18:47 / 05.07.2024