Namangan viloyatida xorij pasportlarini berish punktlari 5taga yetkazildi

Shu paytga qadar xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun Namangan viloyati IIB MvaFRB, Namangan shahar IIO FMB MvaFRB hamda Chust tumani IIB MvaFRBda ma'lumotlarni yig‘ish punktlari faoliyat yuritayotgan edi.
Hozirgi kunda xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaatlarni ko‘payib borayotganligi inobatga olinib, shuningdek aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Pop tumani, Norin tumani va Uychi tumani IIB MvaFR bo‘linmalarida ham ma'lumotlarni yig‘ish punkti tashkil etildi. Yuqorida qayd etilgan punktlar quyidagi tumanlar aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Namangan viloyati IIB MvaFRB ma'muriy binosida:
- To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Mingbuloq va Namangan tumanlari aholisiga
Pop tumani IIB MvaFRBda:
- Pop tumani aholisiga
Chust tumani IIB MvaFRBda:
- Chust tumani aholisiga
Uychi tumani IIB MvaFRBda:
- Uychi, Chortoq tumani aholisiga
Norin tumani IIB MvaFRBda:
- Norin va Uchqo‘rg‘on tumani aholisiga.
Shu bilan birga, joriy yilning yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlariga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish qurilmalari o‘rnatilishi bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

17:47 / 23.04.2025
Namanganda radarlar mashmashasi: kim haq?

14:29 / 22.04.2025
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi

18:38 / 21.04.2025
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi

10:06 / 21.04.2025