YeChL. «Yuventus»da kambek, «Real»da ilk g‘alaba, «PSJ», «Siti» va «Tottenhem»dan gollar shousi
To‘rtta guruhda Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images
«Real» Turkiyada Toni Kroosning goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Yuventus» esa o‘z maydonida «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda Dibalaning dubli tufayli kambek amalga oshirdi.
«PSJ», «Manchester Siti» va «Tottenhem» raqiblari darvozasiga beshtadan gol urishdi. «PSJ»da Kilian Mbappe, «Siti»da esa Rahim Sterling xet-trik qayd etishdi.
YeChL, 3-tur, 22 oktabr
A guruhi
Galatasaroy – Real 0:1
Gol: Kroos (18).
Galatasaroy: Muslera, Nagatomo, Luyindama, Mariano, Markao Teysheyra, Seri (Mo‘r, 77), Donk (Feguli, 46), Belhanda (Bayram, 67), Nzonzi, Babel, Andone.
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Ramos, Marselo, Varan, Valverde (Xames, 79), Kazemiro, Azar (Vinisius, 79), Kroos, Rodrigo (Yovich, 82), Benzema.
Ogohlantirishlar: Seri (46), N'Zonzi (69).
Bryugge – PSJ 0:5
Gollar: Ikardi (7, 63), Mbappe (61, 79, 83).
V guruhi
Olimpiakos – Bavariya 2:3
Gollar: El-Arabi (23), Gilerme (79) – Levandovski (34, 62), Tolisso (75).
Tottenhem – Tsrvena Zvezda 5:0
Gollar: Keyn (9, 72), Son (16, 44), Lamela (57).
S guruhi
Manchester Siti – Atalanta 5:1
Gollar: Aguero (34, 38 penalti), Sterling (58, 64, 69) – Malinovskiy (28, penalti).
Shaxtyor – Dinamo Zagreb 2:2
Gollar: Konoplyanka (17), Dodo (75) – Olmo (25), Orshich (60, penalti).
D guruhi
Atletiko – Bayyer 1:0
Gol: Morata (78).
Yuventus – Lokomotiv 2:1
Gollar: Dibala (77, 79) – Miranchuk (30).
Yuventus: Shchesni, Bonuchchi, Sandro, de Ligt, Xedira (Iguain, 48), Kuadrado, Bentankur, Matyuidi (Rabo, 65), Pyanich, Ronaldu, Dibala (Bernardeski, 81).
Lokomotiv: Gilerme, Murilo, Xyovedes, Chorluka, Ignatev, Krixovyak (Kolomeytsev, 83), Joau Mariu, Miranchuk, Barinov, Idovu, Eder.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (17), Kuadrado (68), Krixovyak (72), Barinov (90).
Mavzuga oid

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

09:17 / 09.04.2025
«Arsenal» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

03:54 / 13.03.2025
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda

03:51 / 12.03.2025