Manbalar: Qashqadaryo viloyatidagi rahbarlar tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
Qashqadaryo viloyatida 26 oktabr kuni hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollarining yig‘ilishi o‘tkazilishi va unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilayotgani haqidagi ma'lumotlar Kun.uz tahririyatiga kelib tushdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Bu ma'lumot bo‘yicha Kun.uz turli manbalardan surishtiruv o‘tkazdi va vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha norasmiy ma'lumotlarga ega bo‘ldi.
Manbalardan olingan ma'lumotlarimizga ko‘ra, 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Sharopovich Ro‘ziyev o‘z vazifasidan ozod qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarining amaldagi hokimlari masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

11:02 / 15.12.2024