2000 gektar yer maydoni Hisor davlat qo‘riqxonasi hududidan chiqariladi

Foto: hisor.uz
Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati hokimining 2018 yil 24 dekabrdagi Hisor davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasini belgilash to‘g‘risidagi va 2019 yil 12 sentyabrdagi Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi (suvtushar sharsharasi), dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori obektlari joylashgan 2000,0 gektar yer maydonlarini qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari asosida:
Hisor davlat qo‘riqxonasining unga tutash hududlaridagi umumiy yer maydoni 11231,3 gektar bo‘lgan qo‘riqlanma zonasi belgilanadi;
umumiy yer maydoni 2000,0 gektar bo‘lgan, Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi (suvtushar sharsharasi), dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori obektlari qo‘riqxona hududidan chiqarilib, uning qo‘riqlanma zonasiga o‘tkaziladi.
Belgilanishicha:
qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi va bu hududda alohida rejim o‘rnatiladi;
qo‘riqxona hududidan uning qo‘riqlanma zonasiga chiqarilgan obektlarning 2000,0 gektar yer maydoni mazkur qo‘riqxonaning doimiy foydalanishida (yer balansida) qoldiriladi.
Qo‘riqxona qo‘riqlanma zonasining nizomi tasdiqlanadi. Qo‘riqlanma zonasini va undagi tabiiy obektlar muhofazasini hamda hududda qonun va mazkur nizom talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini olib borish qo‘riqxonaning qo‘riqlov xodimlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari zimmasiga yuklatiladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi (suvtushar sharsharasi), dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori obektlarida ziyorat va ekologik turizmini tashkil qilish uchun zarur bo‘ladigan infratuzilmalar yaratishga investorlar, shu jumladan davlat xususiy sherikchilik loyihalari asosida jalb qilish choralarini ko‘radi.
Belgilanishicha, investorlar yaratgan infratuzilmadan foydalanish uchun undiriladigan mablag‘ning 50 foizi qo‘riqxonaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi, u qo‘riqxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda uning xodimlarini rag‘batlantirishga ishlatiladi.
Mavzuga oid

11:02 / 08.07.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonga tushdi

11:54 / 08.07.2022
«Hisor» qo‘riqxonasidagi noyob qor qoplonlarining videotasvirlari e’lon qilindi

08:28 / 29.06.2022
«Hisor» davlat qo‘riqxonasidagi noyob hayvon fotoqopqonga tushdi (Video)

17:56 / 20.06.2022