Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya sirklarida jonivorlar bilan tomosha ko‘rsatish taqiqlandi
Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi ekspertlari tomonidan tayyorlangan ushbu qonun hujjatini buzganlarga 20 ming yevrogacha jarima solinishi mumkin.
Slovakiyada sirk tomoshalarida itlar, mushuklar va uy qunduzlaridan boshqa barcha jonzotlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmoyish kuchga kirdi. Bu haqda "Jonivorlar ozodligi" jamoat tashkiloti vakili Silviya Chanyova ma'lum qildi.
"Yuzlab norozilik aksiyalari va 54 mingta imzo yig‘ilgan petitsiya bilan bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga hamda bizni eshitgan siyosatchilarga minnatdorlik bildiramiz. Bu taqiq barchamizning muvaffaqiyatimizdir", - dedi Chanyova.
Mazkur farmoyishga ko‘ra, uning ijrosi ustidan nazorat veterinariya inspektorlari zimmasiga yuklatildi.
Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vazirligi ekspertlari tomonidan tayyorlangan ushbu qonun hujjatini buzganlarga 20 ming yevrogacha jarima solinishi mumkin.
Mavzuga oid

14:41 / 18.07.2025
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi

15:08 / 17.07.2025
Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

13:06 / 12.07.2025
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

18:02 / 23.06.2025