Amerikalik o‘smir Siri ovozli yordamchisi tufayli tirik qoldi
Amerikalik 18 yoshli o‘smir mashinani boshqarayotganda yo‘ldan chiqib ketib, daryoga tushib ketgach, iPhone’ida o‘rnatilgan Siri ovozli yordamchisi ko‘magida tirik qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Ayova shtatidagi Meyson-Siti shahri yaqinida yuz bergan. Gael Salsedo ismli o‘smir o‘z jipida kollejga ketayotganda, mashina yaxvonlik oqibatida yo‘ldan sirpanib chiqib ketib, daryoga tushib ketgan. Daryodagi suv muzlagan bo‘lgan, biroq mashina uni yorib, cho‘ka boshlagan.
O‘smirning aytishicha, u sarosimada iPhone’ini topa olmagach, Siri yordamchisiga “Siri, 911 ni ter” (AQShda favqulodda xizmatlar telefon raqami) deb baqirgan. Shunda yordamchi faollashib, tovushli signal bergan va o‘smir buning evaziga telefonini topa olgan.
Voqea joyiga AQShda qutqaruvchilar vazifasini ham bajaruvchi o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va o‘smirni mashina ichidan chiqarib olishgan. Yigit karaxt holda shifoxonaga yetkazilgan, biroq 2 soat o‘tgach uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

21:50 / 07.04.2025