Yashash uchun dunyoning eng yaxshi shaharlari ma'lum qilindi

London Resonance Consultancy konsalting kompaniyasi ekspertlari tomonidan tuzilgan “Eng yaxshi shaharlar 2020” (2020 World’s Best Cities) reytingining eng yuqori o‘rnini egalladi. To‘liq ro‘yxat kompaniya saytida e'lon qilingan.
Tahlilchilar o‘tkazgan tadqiqotlari doirasida aholisi million kishidan oshuvchi shaharlarni bir qator ko‘rsatkichlar, jumladan, iqlim, xavfsizlik darajasi, hordiq chiqarish uchun infratuzilma va diqqatga sazovor joylar mavjudligi, ta'lim muassasalari, aeroportlar, restoran va do‘konlar bilan ta'minlanganlik, o‘qimishli aholi ulushi, aholi daromadi darajasi, shaharning ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgani kabilar bo‘yicha baholashgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Londondan keyingi o‘rinlarni Nyu-York, Parij, Tokio va Moskva egallagan.
Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Dubay, Singapur, Barselona, Los-Anjyeles va Rim kiritilgan.
Mavzuga oid

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

09:50 / 15.04.2025
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

13:26 / 13.03.2025