AQSh Eron zarbasi vaqtida 11 harbiysi jabrlanganini tan oldi

Foto: REUTERS/John Davison
AQShning markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron tomonidan Iroqdagi bazalar o‘qqa tutilganda 11 amerikalik harbiy jabrlanganini tasdiqladi.
Avvalroq Defense One nashri AQShdagi harbiy manbalarga tayanib, 8 yanvarda eronlik harbiylar tomonidan o‘qqa tutish vaqtida 11 amerikalik jabrlangani, ularda miya chayqalishi jarohati bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, harbiylar Kuvayt va Germaniyaning Landshtulidagi gospitallarga davolanish uchun evakuatsiya qilingan.
“Bu harbiylar xizmatga yaroqli deb topilgandan keyin Iroqqa qaytishlari kutilmoqda”, deb aytgan CENTCOM vakili kapitan Bill Erban.
Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban 8 yanvarda AQShning Iroqdagi ikkita bazasini raketadan o‘qqa tutgandi. Hujumdan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

08:26
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi

07:53
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55 / 25.04.2025