Amazon to‘lovni karta o‘rniga qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini yo‘lga qo‘ymoqchi

Amazon kompaniyasi to‘lovni qo‘l kafti orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi to‘lov terminallari yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Amazon yangi terminallarni qahvaxona, restoran va boshqa savdo nuqtalariga o‘rnatadi. Xabarda aytilishicha, terminaldan birinchi marta foydalanganda xaridor kafti terminal orqali skanerlanadi va u biometrik ma'lumotlarini bankdagi hisobraqamiga biriktiradi. Shundan so‘ng xarid uchun qo‘l kaftini tegizish orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Nashr suhbatdoshlarining bildirishicha, kompaniya yaqinda «kontaksiz biometrik identifikatsiya tizimi»ni patentlash uchun ariza bergan.
Terminallar orqali kiritiladigan ma'lumotlar Amazon bulutli ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
Kompaniya tizimni sinovdan o‘tkazish uchun Visa bilan hamkorlikni boshladi, deb ma'lum qilgan manbalar. Bundan tashqari, kompaniya Mastercard bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

16:58 / 26.03.2025