AQShning Bag‘doddagi elchixonasi o‘qqa tutildi

Foto: REUTERS
Bag‘doddagi “yashil hudud” va AQSh elchixonasining reaktiv snaryadlardan o‘qqa tutilishi oqibatida bir necha kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, elchixona hududidagi odamlar vertolyotlarda evakuatsiya qilingan.
Avvalroq “Al-Arabiya” telekanali xavfsizlik xizmatlaridagi manbaga tayanib AQSh elchixonasiga uchta raketa tushgani, ulardan biri elchixona restoraniga tekkanini ma'lum qilgan.
Bag‘dodning hukumat idoralari va xorijiy davlatlar elchixonalar joylashgan “yashil hududi” vaqti-vaqti bilan raketa zarbalariga uchrab turadi. Jumladan, 20 yanvarda ham ushbu hudud o‘qqa tutilib, bir nechta raketa AQSh elchixonasi yonida portlagan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat AQSh ko‘shinlarining dekabr oxirida “Kataib Hizbulloh” shia harakatining Suriya va Iroqdagi obektlariga zarbasidan keyin keskinlashgandi. Shundan keyin harakat tarafdorlari AQShning Bag‘doddagi elchixonasini qamal qilib olishgan. AQSh ushbu qamalda eronlik general Qosim Sulaymonni ayblab, yanvar boshida Bag‘dod aeroporti yaqinida unga qarshi amaliyot o‘tkazgan.
Shundan keyin Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban 8 yanvarga o‘tar kechasi AQShning Iroqdagi ikkita bazasiga raketa zarbalari bergan va bu bilan cheklanib qolmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid

10:37
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi

09:11
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi

21:23 / 27.04.2025
AQSh davlat kotibi kelasi hafta Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar uchun «nihoyatda muhim» bo‘lishini aytdi

15:46 / 27.04.2025