AQShning Iroqdagi bazasi o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlanganlar soni 50 nafargacha yetdi

Foto: REUTERS / John Davison
Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban AQShning Iroqdagi bazalarini o‘qqa tutishi oqibatida jabrlangan amerikalik harbiylar soni 50 nafargacha yetdi. Bu haqda Pentagon vakili Tomas Kempbell ma'lum qildi.
“Yana 16 harbiyda miya-chanoq jarohati qayd qilindi. Bugungi kunga kelib 50 amerikalik harbiy miya-chanoq jarohati olgan”, deb ma'lum qilgan Kempbell.
Uning ta'kidlashicha, jabrlanganlardan 31 nafari Iroqning o‘zida tibbiy yordam olib, o‘z majburiyatlarini bajarishga qaytgan. 18 harbiy esa davolanish uchun Germaniyaga jo‘natilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp dastlab Eronning zarbalari oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini, keyinroq esa harbiylar orasida kontuziyaga uchraganlar borligini, biroq gap jiddiy bo‘lmagan jarohatlar haqida borayotganini ma'lum qilgan.
Amerikalik harbiylar 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyni bartaraf etishgandi.
Eron qurolli kuchlari generalning o‘limi uchun o‘ch olish maqsadida amerikalik harbiylar tomonidan Iroqda foydalaniladigan ikkita obekt - Bag‘doddan 160 km uzoqlikda joylashgan Ayn-al-Asad aviabazasi va mamlakat shimolidagi Erbil aeroportiga raketa zarbalari bergan edi.
Mavzuga oid

12:00
Rossiya elchisi: AQSh bilan navbatdagi muzokaralar Moskvada bo‘lib o‘tadi

23:13 / 10.06.2025
Trampning tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

15:34 / 10.06.2025
TikTok’da 162 mln obunachiga ega bloger Habi Leym AQShdan chiqarib yuborildi

08:00 / 10.06.2025