Islom hamkorlik tashkiloti Trampning «asr kelishuvi»ga qarshi chiqdi
Avvalroq Arab davlatlari ligasi (ADL) Falastinni qo‘llab-quvvatlashini va Donald Tramp taklif qilgan «asr kelishuvi»ni rad etgandi.

Foto : Anodolu
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) AQShning Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha rejasi qabul qilinmasligini bildirdi. Bu haqda IHT bayonotiga tayanib "Al-Jazira" telekanali xabar berdi.
Bayonotda "IHTga a'zo barcha davlatlar bu rejaga aloqador bo‘lmaslik hamda ushbu rejaning qanday shaklda bo‘lmasin amalga oshishi uchun AQSh ma'muriyati bilan hamkorlik qilmaslik"ka chaqirilgan.
"Al-Jazira"ning eslatishicha, IHT sammiti Jiddada Falastin rahbariyati so‘rovi bilan chaqirilgan.
Telekanal IHT kattaligi bo‘yicha BMTdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi tashkilot ekanini qayd etgan – IHTga aloqador mamlakatlarning umumiy aholisi soni 1,8 mlrd kishidan ortiq.
Avvalroq Arab davlatlari ligasi (ADL) Falastinni qo‘llab-quvvatlashini va Donald Tramp taklif qilgan "asr kelishuvi"ni rad etgandi.
Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Tramp "asr kelishuvi"ni e'lon qilganidan so‘ng AQSh va Isroil bilan aloqalar uzilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

12:15 / 22.04.2025
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi

08:58 / 21.04.2025
Isroilning G‘azoda urushni davom ettirishdan boshqa iloji yo‘q - Netanyahu

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

12:10 / 15.04.2025