Livanda general Sulaymoniyning haykali o‘rnatildi

Foto: Al Hadath
Livanda eronlik general Qosim Sulaymoniyning haykali ochildi. Bu jarayon «Al Hadath» telekanali efirida namoyish etildi.
Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al Quds» maxsus bo‘linmasi yetakchisi general Sulaymoniyning haykalini o‘rnatish tashabbusi shialarning «Hizbulloh» harakatidan chiqqan.
Haykal ochilishida nutq so‘zlagan «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh general Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQSh va Isroilning Yaqin Sharqdagi maqsadlariga qarshi kuchlar uchun jang ochilishi deb atadi.
«Tramp bu vahshiyona ishi bilan bizga urush ochdi. Bunga qarshi faqat birgalikda kurashish mumkin», deya Nasrullohning so‘zlarini keltirgan TASS agentligi.
U Tramp taklif qilgan «asr kelishuvi»ni AQSh prezidentining «ikkinchi jinoyati» deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

13:09 / 29.03.2025
Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" nishonlariga hujum qilinganini bildirdi

10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi

23:03 / 23.02.2025