Fuqarolarni ko‘p miqdordagi pulga aldagan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
2019 yilning noyabr oyidan dekabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 34 yoshli A.O. va 41 yoshli U.X. oldindan jinoiy til biriktirib, 10 nafar fuqaroga kredit olib berishni va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxslar aldab ularning nomlariga ish haqi to‘g‘risida soxta ma'lumotnoma tayyorlab, 10 nafar fuqaroning nomiga jami bo‘lib 134 033 396 so‘mlik maishiy texnika vositalarini qo‘lga kiritib, ushbu texnika vositalarini sotib yuborib, pullarini o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

18:37 / 27.03.2025
Shveytsariya elchisi ishga taklif bilan bog‘liq firibgarliklar haqida ogohlantirdi

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:27 / 11.03.2025