MB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydi
Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Xusanxo‘ja Obidov karantin davrida banklar orqali xalqaro pul o‘tkazmalar xizmatlari cheklanmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
MB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydiMB: Karantin davrida xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati cheklanmaydi 👉 https://kun.uz/95792943
Posted by Kun.uz on Saturday, March 28, 2020
Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Xusanxo‘ja Obidov ma'lumotiga ko‘ra, xalqaro pul o‘tkazmalariga koronavirus pandemiyasi tufayli cheklov yoxud taqiq o‘rnatilmagan.
«Ta'kidlash lozimki, ayni paytda xalqaro va chegaralararo pul o‘tkazmalarda hech qanday taqiq yo‘q. Barcha banklar kundalik ish tarzida faoliyatini davom ettirmoqda», - deya ma'lumot berdi Obidov.
Uning aytishicha, banklarda ayrim xodimlar mehnat ta'tiliga chiqarilgan, boshqa xodimlar masofadan turib ishlamoqda. Qolaversa, virusdan himoyalanish maqsadida tibbiy-gigiyenik qoidalarga qat'iy amal qilish lozim.
«Barcha bank mijozlaridan ko‘proq onlayn banking xizmatlaridan foydalanishini iltimos qilamiz. Shu bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldi olinadi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025