Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pora olayotgan paytida ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan shaxs fuqarodan 300 dollarni pora tariqasida olayotgan paytida qo‘lga olindi

Foto: Getty Images
Xorazm viloyati Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan A.B. qing‘ir ishga qo‘l urdi.
Postda.uz’ning yozishicha, u markazga ish so‘rab kelgan shovotlik K.J.dan 300 AQSh dollari berishni talab qildi. Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan bir paytda bu mansabdor shaxsning ochiqdan-ochiq tamagirlik qilishi fuqaroning g‘ashini keltirdi. U ushbu holat yuzasidan hech ikkilanmay Xorazm viloyati IIBga murojaat qildi.
Viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.B. fuqaro K.J.dan 300 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan paytida qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

16:39 / 18.03.2025