Turkmaniston prezidenti Qadr kechasi munosabati bilan amnistiya e'lon qildi
Hujjatga muvofiq, 1192 nafar turkmanistonlik va 210 nafar xorij fuqarolari jazoni o‘tashdan ozod qilingan.

Foto: RIA Novosti
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ramazon oyidagi muborak kecha - Qadr kechasi munosabati bilan 1402 nafar mahbusni afv etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosiga va yashash joyini tark etishni cheklash tarzidagi jazoga mahkum etilgan 1192 nafar turkmanistonlik va 210 nafar xorij fuqarolari jazoni o‘tashdan ozod qilingan.
Ko‘pchilik ulamolar nazdida Laylatul Qadr kechasi (Laylatul Qadr) Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga o‘tar kechasidir.
U ming oydan yaxshiroq kechadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib ko‘rilsa, taxminan, 83,3 yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu kechada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovotu tasbehlar, duolar ana shunday vaqt kengligini qamrab oladi. Bu, shu muborak kechada qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir.
Mavzuga oid

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025