Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 9 bemor qoldi, bugun O‘zbekistonda jami 40 kishi koronavirusdan tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan viloyatida koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhi sog‘aygani to‘g‘risida xabar berdi.
Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 233 nafar bo‘lsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.
Bundan avvalroq Toshkentda 33 kishi (Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar) koronavirusdan sog‘aygani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2532 nafarga yetdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3089tani tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, respublikaning 7ta hududidagi shifoxonalarda jami 544 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025