Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3300ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 20 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 26 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3281 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 15tasi karantin markazida qayd etilgan. Shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 4 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan, Toshkent shahrida ham bir kishi koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Bugun hozircha 66ta yangi holat tasdiqlandi, shuningdek 17 bemor koronavirusdan sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2624 nafarga yetdi.
Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 644 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025