Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida aholi orasida yangi kasallanish holatlari aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 23 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3546 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26 may kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26 may kuni Qozog‘iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog‘iston orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi », deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun jami 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi, shuningdek, 55 kishi kasallikdan tuzaldi va O‘zbekiston bo‘ylab shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 749 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025