Vashingtondagi tartibsizliklar davomida AQSh maxfiy xizmatining 50dan ortiq xodimi jarohatlandi
Vashington xavfsizlik tizimida ishlaydigan manbaning aytishicha, namoyishchilar kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlariga yonuvchi aralashma solingan shishalarni uloqtirmoqda.

Foto: REUTERS
Afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli Vashingtonda o‘tkazilgan norozilik namoyishi ishtirokchilari bilan to‘qnashuvlar natijasida AQSh maxfiy xizmatining 50dan ortiq xodimi jarohatlandi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Fox News xabar berdi.
Vashington xavfsizlik tizimida ishlaydigan manbaning aytishicha, namoyishchilar kuch ishlatuvchi tuzilmalar xodimlariga yonuvchi aralashma solingan shishalarni uloqtirmoqda. Vashington ko‘chalarida tartib saqlashda politsiya va milliy xavfsizlik vazirligi xodimlariga yordam berish uchun maxfiy xizmatdan tashqari federal marshallar, giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari va milliy gvardiya jalb etilgan.
25 may kuni afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganda vafot etdi. Oq tanli politsiyachi Derek Shovin 7 daqiqa davomida Floydning yuzini alfaltga bosgan holda ushlab turgan va oqibatda nafasi bo‘g‘ilgan Floyd voqea joyida jon bergan. Uch nafar politsiyachi barchasini tomosha qilib turgan. Bu esa mamlakatda irqchilikka qarshi keskin namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.
Qator shaharlarda komendantlik soati joriy etildi. Associated Press agentligining xabar berishicha, keyingi uch kun davomida 4100 kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46