Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3843taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa karantin markazidagi (shundan 9 nafari Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun 83ta yangi zararlanish holati qayd etildi, respublikaning 4 hududidagi shifoxonalarda jami 106 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3014 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 813 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025