Eronda MRBga general Sulaymoniy haqida ma'lumot berganlikda gumon qilingan fuqaro o‘limga hukm qilindi
Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi.

Foto: Reuters
Eron hukumati MRB va Isroilning “Mossad” razvedkasi bilan hamkorlik qilish hamda general Qosim Sulaymoniyning manzili haqida ma'lumot berishda gumonlangan fuqaroni o‘limga hukm qildi. Bu haqda Eron oliy sudi vakili G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
“Mahmud Musoviy Majd MRB va “Mossad” bilan aloqada bo‘lgan va dollar evaziga Islom inqilobi muhofizlari korpusi ortidan josuslik bilan shug‘ullangan”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr agentligi.
Ismoiliyning qo‘shimcha qilishicha, u “dushmanlarga Sulaymoniyning qayerdaligi haqida ma'lumot bergan”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Majd o‘lim jazosiga hukm qilingan va hukm tez orada ijro etiladi”.
Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiya natijasida o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

09:32 / 21.04.2025