Angrenda giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirib kelgan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 1 iyun kuni IIB xodimlari tomonidan “Qoradori 2020” tadbiri o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Uning davomida Toshkent viloyati Angren shahar Bahor ko‘chasida yashovchi 49 yoshli F.Ch.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadonning tomorqasida 8 tup “kannabis” va 530 tup “opiy ko‘knori” o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ular, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Angren shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va F.Ch., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

10:38 / 11.04.2025