Bugun 97ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 116 nafar bemor sog‘aydi
13 iyun kuni O‘zbekistonda 97ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 116 nafar bemor sog‘aydi. Shu vaqtgacha 3874 nafar bemor sog‘aygan, 19 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 1073 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Bugun aniqlangan 97ta holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 85tasi karantin muassasalarida, 5tasi aholi orasida (shundan 3tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2tasi Toshkent shahrida), qolgan 7tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.
Bugun Toshkent shahrida 85 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar , Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shtutgartda avtomashina odamlarni bosib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi
Jahon | 08:34
-
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi
Jahon | 08:10
-
BMT: Isroil G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirmoqda
Jahon | 07:50
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022