Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
36667 nafar fuqaro uyida, 22809 nafari statsionar sharoitda karantinga olingani ma'lum qilindi
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 59476 nafar fuqaroning salomatligi tibbiy nazoratga olingan bo‘lib, shundan 36667 nafari uyida, 22809 nafari esa statsionar sharoitda karantinga olingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 24 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 23310 ta, epidemiologik mavsum davomida 1078782 ta test sinovlari o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda shu paytgacha 6755 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, hozirgacha 4560 nafar (68 foiz) bemor butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2176 nafari davolanmoqda.
Davolanayotgan 2176 nafar bemorning:
– 4 nafari – o‘ta og‘ir;
– 18 nafari – og‘ir;
– 215 nafari – o‘rta og‘ir;
– 1939 nafari – qoniqarli holatda.
Botir Qurbonovning ma'lum qilishicha, bemorlarning 130 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda.
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022