Qora tanli namoyishchilar yetakchisi "AQShga o‘t qo‘yish" bilan tahdid qildi
Xouk Nyusom zo‘ravonlikni oqlamasligini, ammo bu kurashning yagona samarali usuli deb hisoblashini aytdi.

Foto: Stephanie Keith/Getty Images
Agarda Amerika hukumati talablarni bajarmaydigan bo‘lsa, Black Lives Matter tarafdorlari "tizimga o‘t qo‘yadi va uni almashtiradi", dedi tashkilotning Nyu-Yorkdagi bo‘limi rahbari Xouk Nyusom Fox News telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tizimi mustaqillik urushidan boshlab zo‘ravonlikka asoslangan.
"AQSh rejimlarga aralashadi va ularni yo‘q qiladi, ularning rahbarlarini o‘zlariga yoqqanlar bilan almashtiradi. Shunday ekan, har qanday amerikalikning bizni zo‘ravonlikka moyil deyishi ikkiyuzlamachilikdir", — dedi Nyusom.
U zo‘ravonlikni oqlamasligini, ammo bu kurashning yagona samarali usuli deb hisoblashini aytdi. Nyusom qora tanlilar o‘z maqsadiga erishgan 60-yillardagi voqealarni misol qilib keltirdi.
"Agar bu mamlakat biz istagan narsani bermasa, biz bu tizimga o‘t qo‘yamiz va uni almashtiramiz", — dedi u.
Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olish chog‘ida halok bo‘lganidan so‘ng AQShdagi shaharlarda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar zo‘ravonlik va irqchilikka chek qo‘yishni talab qildi.
Mavzuga oid

07:53
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33 / 25.04.2025