Amazon’ning kapitallashuvi 1,5 trillion dollardan oshdi
6 iyulda AQShning Amazon kompaniyasi aksiyasi narxi 4,5 foizga qimmatlashib, 3 ming dollardan ko‘proqqa yetdi. Shundan keyin kompaniyaning kapitallashuvi ilk bor 1,5 trln dollardan oshdi. Bundan Nasdaq birjasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Foto: REUTERS/Pascal Rossignol
CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Amazon aksiyasining bunday yuqori narxi birinchi marta qayd qilinmoqda.
Amazon bunday natijaga erishgan uchinchi kompaniya bo‘ldi. Avvalroq 1,5 trln dollarlik kapitallashuvga yana ikki kompaniya - Apple va Microsoft erishgan edi.
Texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi pandemiya vaqtida boshqa kompaniyalarnikiga qaraganda kuchli oshdi. Amazon o‘z aktivlari orasida pandemiya vaqtida juda talabgir bo‘lgan onlayn-riteyler va bulutli xizmat borligi evaziga juda tez rivojlanmoqda.
Amazon internet orqali tovar va xizmatlar sotuvchi dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanib, 1994 yilda Jyeff Bezos tomonidan tashkil etilgan. Ayni vaqtda Bezosning boyligi 172 mlrd dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

23:40 / 02.04.2025
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi

16:58 / 26.03.2025
Amazon 2024 yilda 15 milliondan ortiq kontrafakt mahsulotlarni musodara qildi

14:24 / 06.01.2025