O‘zbekistonda koronavirusga qarshi samarali dori vositalaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Koronavirusga qarshi foydalanilayotgan «Kovipir» nomi ostidagi favipiravir faol moddasi asosida tayyorlanadigan dori vositasi O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda "Nobel Pharmsanoat" kompaniyasi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Foto: AFP/Getty Images
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya hozirda favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshlagan.
Dori vositasini ishlab chiqarish bo‘yicha batafsil ma'lumot Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi saytida ham keltirilgan.
Jumladan, kompaniyaning sifat bo‘yicha direktori Shamshod Sharipovga ko‘ra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning Toyama Chemical kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.
«RNK saqlovchi viruslarga (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqalar) qarshi keng ta'sir doirasiga ega ushbu dori vositasining koronavirusga qarshi ijobiy ta'siri isbotlangan bo‘lib, 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llana boshlangan.
Shu oyning o‘zidan boshlab Xitoyning Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi uni «Favilavir» savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan e'tiboran «Avifavir» nomida «XimRar» va Rossiyaning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi», – deydi u.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Kovipir» dori vositasi eng avvalo O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi. Shuningdek, uni xorijga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

08:45 / 18.06.2025
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

11:36 / 17.06.2025
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

12:11 / 10.06.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

15:50 / 08.06.2025