La Liga. Suaresning goli "Barselona"ga Kataloniya derbisida g‘alaba keltirdi

Foto: Reuters
Ispaniya chempionati 35-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.
"Barselona" o‘z maydonida "Espanol"ni qabul qilib, kichik farq bilan g‘alaba qozondi – 1:0.
Kataloniya derbisida "Barselona"ga g‘alaba keltirgan yagona gol 56-daqiqada Luis Suares tomonidan kiritildi.
"Vilyarreal" "Xetafe" uyiga safar qilib, 1:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Betis" o‘z maydonida "Osasuna" darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi.
35-tur
Barselona – Espanol 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Suares.
Barselona – ter Stegen, Alba, Langle, Semedu (Fati, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich (Arauxo, 90), Pike, Suares (Breytueyt, 82), Grizmann (Vidal, 71), Messi.
Espanol – Diyego Lopes, Didak Vila, Viktor Gomes, Kalero (Darder, 66), David Lopes, Embarba (Kampusano, 74), Losano, Kabrera, Roka (U Ley, 86), Espinosa, de Tomas.
Ogohlantirishlar: de Tomas (45), David Lopes (90).
Chetlatishlar: Fati (50), Losano (53).
Xetafe – Vilyarreal 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 66, penalti Kasorla, 1:1 – 80 Duro, 1:2 – 86, penalti Kasorla, 1:3 – 90 Penya.
Chetlatishlar: Iborra (90), Nom (90).
Betis – Osasuna 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Rodriges, 2:0 – 25 Pedrasa, 3:0 – 90 Alenya.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025